Таможенный кодекс

85-modda. Tovarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turish muddati

Tovarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turish muddati ana shu tovarning mazkur bojxona rejimiga joylashtirilishini ma'lum qilgan vakolatli shaxs tomonidan belgilanadi, lekin bu muddat, agar ushbu Kodeksning 177-moddasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, oltmish kalendar kundan oshmasligi lozim. Tez buziladigan tovar vaqtincha saqlash bojxona rejimida turishining eng ko'p muddati o'n kalendar kunni tashkil etadi. Bojxona omborlarida, erkin omborlarda yoki boj olinmaydigan savdo do'konlarida turgan tovar ularni tugatish to'g'risida qaror qabul qilinganidan keyin, ushbu Kodeksning 177-moddasida belgilangan muddatlarda vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovar deb hisoblanadi. Vaqtincha saqlash bojxona rejimining amal qilish muddatini hisoblash tovar ushbu Kodeksning 177-moddasiga va 226-moddasining beshinchi qismiga muvofiq vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovar maqomini olgan kundan e'tiboran boshlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.