Таможенный кодекс

69-modda. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimini tugallash

(69-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 1 февралдаги ЎРҚ-748-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.02.2022 й., 03/22/748/0086-сон — 2022 йил 3 майдан кучга киради)

Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi vaqtincha olib kirish muddati o'tgan kunning ertasidan kechiktirmay tovarni olib chiqish yoki uni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish bilan tugallanishi kerak. Vaqtincha olib kirilgan tovarlar reeksport bojxona rejimiga bir yoki bir nechta turkum bilan joylashtirilgandan so'ng olib chiqilishi mumkin. Tovar avariya yoki yengib bo'lmas kuch ta'siri oqibatida yo'q qilingan yoki qaytarib bo'lmaydigan tarzda yo'qotilgan yoxud O'zbekiston Respublikasi davlat organlarining qarorlari oqibatida egalikdan chiqib ketgan taqdirda, bu tegishli vakolatli davlat organi tomonidan berilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan bo'lsa, shaxs vaqtincha olib kirish bojxona rejimini belgilangan muddatda tugallamaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi tugallanganda tovarning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona rasmiylashtiruvini o'tkazgan bojxona organi tomonidan yoki vakolatli shaxsning arizasiga binoan, shu tovarning o'ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda zarur hajmda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lgan boshqa bojxona organi tomonidan o'tkazilishi mumkin. Ariza berilayotganda vakolatli shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak: tovarni vaqtincha olib kirish uchun bojxona yuk deklaratsiyasi; vaqtincha olib kirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish vaqtincha olib kirish bojxona rejimi tugallanguniga qadar boshqa shaxsga berilganligi yoxud u boshqacha tarzda boshqa shaxsga o'tkazilganligi to'g'risidagi hujjat, agar shunday o'tkazish bajarilgan bo'lsa. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish bilan tugallanganda va davriy bojxona to'lovlari to'langanda tovarni bojxona yig'imlarini to'lagan holda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish uchun bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.