Таможенный кодекс

5-modda. O'zbekiston Respublikasining bojxona hududi va bojxona chegarasi

(5-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)

O'zbekiston Respublikasining quruqlikdagi hududi, hududiy va ichki suvlari hamda ular ustidagi havo hududi O'zbekiston Respublikasining bojxona hududini (bundan buyon matnda bojxona hududi deb yuritiladi) tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi hududida erkin bojxona zonalari va erkin omborlar bo'lishi mumkin. Bunda ularga joylashtirilgan tovarlar bojxona to'lovlarini to'lash maqsadida, shuningdek iqtisodiy siyosat choralarini qo'llash uchun bojxona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi. Bojxona hududi sarhadlari O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi hisoblanadi (bundan buyon matnda bojxona chegarasi deb yuritiladi).
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.