Vaqtincha olib chiqilgan tovar vaqtincha olib chiqish muddati tugaydigan kundan kechiktirmay bojxona hududiga qaytarib olib kirilishi kerak.
Vakolatli shaxs tovarni bojxona hududidan tashqarida qoldirgan holda uni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish yo'li bilan vaqtincha olib chiqish bojxona rejimini tugallashi mumkin, bundan bojxona to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq vaqtincha olib chiqilgan tovar bojxona hududiga olib kirilishi shart bo'lgan hollar mustasno. Bunday holda vaqtincha olib chiqish bojxona rejimini tugallashga tovarni bojxona organiga amalda taqdim etmagan holda yo'l qo'yiladi.
Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi eksport bojxona rejimiga o'zgartirilgan taqdirda tovarning bojxona qiymati va miqdori tovar vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan kundagi holatga ko'ra belgilanadi, bojxona bojlari va soliqlarning stavkalari esa, tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish to'g'risidagi bojxona deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan kundagi holatga ko'ra belgilanadi.
Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi ushbu Kodeksning 39-moddasida belgilangan muddatda tugallanmagan taqdirda, tovarning olib chiqishdagi bojxona qiymatidan va (yoki) miqdoridan hamda tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish ma'lum qilingan kuni amalda bo'lgan bojxona bojlari va soliqlar stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan bojxona bojlari hamda soliqlar to'lanadi.
Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi ushbu Kodeksning 39-moddasida belgilangan muddatda tugallanmasligiga quyidagi hollarda yo'l qo'yiladi:
avariya yoki yengib bo'lmas kuch ta'siri oqibatida tovarlarning yo'q bo'lishi yoki butunlay yo'q bo'lib ketishi;
tovarlar turgan chet davlat organlarining qarorlari yoki mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) natijasida tovarlarning vakolatli shaxs egaligidan chiqib ketishi.
Tovarlarning yo'q bo'lishiga yoki mutlaqo yo'qolib ketishiga sabab bo'lgan holatlarni tasdiqlash majburiyati bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishiga mas'ul shaxslarning zimmasiga yuklatiladi. Chet davlatlar hududida yuzaga kelgan holatlar O'zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va konsullik muassasalari tomonidan yoki hududida mazkur holatlar sodir bo'lgan davlatning vakolatli organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ushbu moddaning beshinchi qismida ko'rsatilgan hollarda, tovarlarni vaqtincha olib chiqqan va ularni ushbu Kodeksning 39-moddasida belgilangan muddatda qaytarib olib kirmagan shaxs vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi talablari hamda shartlariga rioya etmaganlik uchun javobgar bo'lmaydi.
lex.uz’dagi asl matn41-modda. Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimining tugallanishi
(41-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.