Таможенный кодекс

382-modda. Intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish borasida bojxona organlari tomonidan ko'riladigan choralar

(382-модда иккинчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 16 январдаги ЎРҚ-896-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.01.2024 й., 03/24/896/0037-сон)

Bojxona organlari o'z vakolatlari doirasida intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish choralarini ko'radi. Bojxona hududiga olib kiriladigan va ushbu hududdan olib chiqiladigan, shuningdek bojxona nazorati ostida turgan intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarning himoya qilinishini ta'minlash uchun bojxona organlari: intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarning buzilganlik belgilari mavjud bo'lgan tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turishi; intellektual mulk ob'yektlarini o'z ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish to'g'risidagi qarorni bekor qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.