To'lovchi dastlabki pul mablag'lari ushbu mablag'lardan oxirgi foydalanilgan kunning ertasidan e'tiboran uch yil ichida qaytarib berilishini talab qilishga haqli.
Dastlabki pul mablag'larini qaytarib olish uchun to'lovchi shaxsiy g'azna hisobvarag'iga ko'rsatilgan pul mablag'lari o'tkazib berilgan bojxona organiga dastlabki pul mablag'larini qaytarib berish to'g'risida ariza taqdim etadi. To'lovchi bojxona organiga ariza bilan bir vaqtda to'lovchi va bojxona organi o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasini taqdim etadi.
Bojxona organi o'n besh ish kunidan ko'p bo'lmagan muddatda o'zaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasida ko'rsatilgan ma'lumotlarni solishtirib chiqadi.
O'zaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasi bojxona organining mansabdor shaxsi va to'lovchi tomonidan imzolangan kunning ertasidan e'tiboran uch ish kuni ichida bojxona organi dastlabki pul mablag'lari qaytarilishini amalga oshiradi.
To'lovchida bojxona to'lovlarini, shuningdek penya yoki foizlarni to'lash bo'yicha qarzdorlik bo'lgan taqdirda, dastlabki pul mablag'lari to'lovchining roziligi bilan ushbu qarzdorlik chegirib qolingan holda qaytarib beriladi.
Agar dastlabki pul mablag'larini qaytarib berish haqidagi ariza ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan muddat ichida taqdim etilmagan bo'lsa, ushbu pul mablag'lari bojxona organi tomonidan O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga o'tkaziladi.
lex.uz’dagi asl matn335-modda. Dastlabki pul mablag'larini qaytarib berish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.