Bojxona to'lovlarini kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati berilganda to'lovchi tomonidan ularning summalarini to'lash:
kechiktirib to'lash imkoniyati berilganda — kechiktirib to'lash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay;
bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati berilganda — bojxona organi tomonidan to'lovchi bilan birgalikda tasdiqlangan jadval bo'yicha bo'lib-bo'lib to'lanadigan summalarni kiritishning kelishib olingan kunlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati berilgan bojxona to'lovlarining summalari to'lovchi tomonidan o'z vaqtida to'lanmagan taqdirda, bojxona organlari bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikning butun summasini ushbu Kodeksning 47 va 48-boblarida nazarda tutilgan tartibda depozit, tovarlar garovi, bank kafolati, sug'urta polisi yoki kafillik bilan ta'minlangan pul mablag'lari hisobidan undirib olish choralarini ko'radi.
lex.uz’dagi asl matn333-modda. Bojxona to'lovlarini kechiktirib yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati berilganda ularning summalarini to'lash muddatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.