Таможенный кодекс

328-modda. Bojxona to'lovlarini to'lash tartibi

(328-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 27 ноябрдаги ЎРҚ-1097-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.11.2025 й., 03/25/1097/1099-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 28 февраль)

Bojxona to'lovlari bojxona organlarining qonunchilikka muvofiq shu maqsadlar uchun ochilgan shaxsiy g'azna hisobvaraqlariga to'lovchi tomonidan to'lanadi. Bojxona organlari to'langan va undirilgan bojxona to'lovlarining, shuningdek penyalar va jarimalarning hisobini bojxona organlarining axborot tizimidagi to'lovchining shaxsiy hisobvarag'ida aks ettirish orqali yuritadi. To'lovchining shaxsiy hisobvarag'ini yuritish tartibi O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo'mitasi tomonidan belgilanadi. To'langan bojxona to'lovlaridan olingan mablag'lar tovarlar chiqarib yuborilgan kundan yoki to'lanishi bojxona rasmiylashtiruviga bog'liq bo'lmagan bojxona to'lovlari uchun bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kundan e'tiboran uch ish kuni ichida avtomatik ravishda bojxona organlari tomonidan O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga o'tkaziladi. Bojxona to'lovlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, milliy valyutada to'lanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.