Таможенный кодекс

311-modda. Qiymatlarni chegirib tashlash asosidagi usul

Qiymatlarni chegirib tashlash asosidagi usul baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida: bojxona hududida dastlabki holati o'zgarmagan holatda; baholanayotgan tovar bojxona hududiga olib kirilguniga qadar to'qson kalendar kun ichida katta miqdorlarda (bir nechta turkumlarda); shunday tovarni sotuvchi bilan o'zaro bog'liq bo'lmagan shaxsga sotilayotgan, baholanayotgan, aynan bir xil yoki o'xshash tovar birligining narxi qabul qilinishini nazarda tutadi. Baholanayotgan, aynan bir xil yoki o'xshash tovar birligining narxidan quyidagi xarajatlar chegirib tashlanadi: to'lanadigan yoxud to'lashga kelishilgan vositachilik haqi yoki foyda uchun ustamalar hamda olib kirilgan o'sha klassdagi va turdagi tovarni bojxona hududida sotish bilan bog'liq bo'lgan umumiy xarajatlar; tovarlarni olib kirish yoki sotish munosabati bilan O'zbekiston Respublikasida to'lanishi lozim bo'lgan bojxona to'lovlarining va boshqa to'lovlarning summalari; bojxona hududida transportda tashish, sug'urtalash, yuklash va tushirish uchun sarflangan xarajatlar. O'sha klassdagi yoki turdagi tovar iqtisodiyotning muayyan tarmog'i mahsulotiga taalluqli bo'lgan tovarlar guruhini, shu jumladan aynan bir xil va o'xshash tovarlarni anglatadi. Ichki bozorda tovarning sotilish narxini tanlashda ko'rilayotgan tovarning import qilinganidan keyingi birinchi tijorat bosqichidagi narxini, ya'ni olib kirilgan tovarning birinchi marta qayta sotilishidagi narxini hisobga olish kerak bo'ladi. Baholanayotgan, aynan bir xil yoki o'xshash tovarning baholanayotgan tovar olib kirilishidan oldin to'qson kalendar kun ichida sotilganligi faktlari mavjud bo'lmagan taqdirda, ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalari inobatga olingan holda baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida baholanayotgan, aynan bir xil yoki o'xshash tovar tovar birligining qaysi narxi bo'yicha O'zbekiston Respublikasida eng katta turkumda, o'zgarmas holatda, baholanayotgan tovar olib kirilgan kunga eng yaqin muddatda, lekin baholanayotgan tovar olib kirilgan kundan e'tiboran to'qson kundan kechiktirmay sotilayotgan bo'lsa, o'sha narx qabul qilinadi. Baholanayotgan, aynan bir xil yoki o'xshash tovarning bojxona hududida o'zgarmas holatda sotilganligi faktlari mavjud bo'lmagan taqdirda, baholanayotgan tovarning bojxona qiymati tovarga keyinchalik ishlov berilganidan keyin olingan, shunday tovarni sotuvchi bilan o'zaro bog'liq bo'lmagan shaxsga bojxona hududida eng katta miqdorda sotiladigan mahsulot birligining narxi asosida, deklarant yoki bojxona brokerining arizasiga ko'ra aniqlanadi. Bunda tovarning bojxona qiymatiga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tuzatishlar kiritiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.