Таможенный кодекс

305-modda. Olib kiriladigan tovarga doir bitimning narxidan chiqarib tashlanadigan to'lovlar va xarajatlar

(305-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)

Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bitim narxidan quyidagi to'lovlar va xarajatlar, basharti ular bojxona hududiga olib kiriladigan tovar uchun haqiqatda to'langan yoki to'lanishi lozim bo'lgan narxdan ajratib olingan bo'lsa, chiqarib tashlanadi: sanoat qurilmalari, mashinalar yoki uskunalar kabi tovarlar bojxona hududiga olib kirilganidan keyin amalga oshirilgan uskunalarni qurish, o'rnatish, yig'ish, montaj qilish, sozlash va ularga xizmat ko'rsatish yoki texnik ko'maklashish xarajatlari; tovar bojxona hududiga olib kirilganidan keyin qilinadigan transport xarajatlari; tovarni olib kirish yoki sotish bilan bog'liq holda O'zbekiston Respublikasida to'lanadigan bojxona to'lovlari va boshqa to'lovlar, agar kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlariga ko'ra bu to'lovlar sotuvchi tomonidan to'lansa. Bitimning narxidan chiqarib tashlanadigan to'lovlar va xarajatlar, bundan O'zbekiston Respublikasida to'lanadigan bojxona to'lovlari mustasno, tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlar (tashish, sug'urta qilish) uchun haq to'langanligi to'g'risida vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, to'lov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi. Olib kiriladigan tovarlar uchun amalda to'langan yoki to'lanishi lozim bo'lgan narx bojxona chegarasi orqali olib o'tiladigan tovarlarga tegishli bo'lib, sotib oluvchi tomonidan sotuvchiga o'tkaziladigan dividendlar yoki boshqa to'lovlar, agar ular olib kiriladigan tovarlar bilan bog'liq bo'lmasa, olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatiga kiritilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.