Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o'tishda va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda quyidagi bojxona to'lovlari to'lanadi:
bojxona boji;
qo'shilgan qiymat solig'i;
aktsiz solig'i;
bojxona yig'imlari.
Qonunchilikda boshqa bojxona to'lovlari ham belgilanishi mumkin.
Ushbu Kodeksning 163 va 169-moddalarida nazarda tutilgan hollarda qonunchilikda belgilangan bojxona boji, qo'shilgan qiymat solig'i va aktsiz solig'i o'rniga yagona bojxona to'lovini to'lashni nazarda tutuvchi bojxona to'lovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi qo'llaniladi.
Bojxona bojlarining stavkalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn289-modda. Bojxona to'lovlarining turlari
(289-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 26 июлдаги ЎРҚ-785-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.07.2022 й., 03/22/785/0679-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.