Таможенный кодекс

267-modda. Qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi

Tovarlar va transport vositalari muayyan bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar, shu jumladan bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi qo'llaniladi. Qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi tashuvchi yoki vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga tovar bojxona hududiga yetib kelgan joyda tovarni taqdim etish yoki tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarni yetkazib berish bilan bir vaqtda beriladi. Agar tashuvchi yoki vakolatli shaxs uni to'ldirish uchun barcha zarur hujjatlarga ega bo'lmasa, qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi tovar taqdim etilgandan so'ng keyingi ish kunidan kechiktirmay tashuvchi yoki vakolatli shaxsning arizasi asosida beriladi. Qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi sifatida transport, tijorat hujjatlaridan, shu jumladan xalqaro tashishlar amalga oshirilayotganda qo'llaniladigan, chet tillarda tuzilgan va quyidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan hujjatlardan foydalaniladi: transport hujjatlariga muvofiq tovarni jo'natuvchining (qabul qiluvchining) nomi va joylashgan yeri; tovar jo'natilgan mamlakat va kelib tushadigan mamlakat; tovarning nomi; tovarning miqdori, shu jumladan tovarlarning brutto/netto og'irligi (kilogrammlarda) yoki tovarlarning hajmi (metr kublarda); yuk joylarining soni, tovarning o'rash-joylash hamda tamg'alash xususiyati va usullari; tovarning faktura (ma'lum qilingan) qiymati; O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tovarning kamida oltita belgi darajasidagi tasnifiy kodi haqidagi ma'lumotlar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.