Таможенный кодекс

255-modda. Bojxona deklaratsiyasi

(255-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Bojxona nazorati maqsadlari uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar ko'rsatilgan hujjat bojxona deklaratsiyasidir. Bojxona deklaratsiyasida ko'rsatilishi kerak bo'lgan ma'lumotlarning ro'yxati bojxona to'lovlarini hisoblab chiqarish va undirish, bojxona statistikasini shakllantirish va bojxona to'g'risidagi qonunchilikni qo'llash maqsadi uchun zarur ma'lumotlar bilangina cheklanadi. Bojxona deklaratsiyasidan bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan valyuta nazorati maqsadlari uchun hisobga olish hujjati sifatida foydalanilgan taqdirda, bojxona deklaratsiyasida shu maqsad uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar ham ko'rsatilishi kerak. Bojxona deklaratsiyalarining shakli, ularda ko'rsatiladigan ma'lumotlarning ro'yxati, ularni bojxona organlariga berish tartibi O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.