Таможенный кодекс

245-modda. Valyutaga oid qonunchilik buzilishlarining belgilari bojxona organlari tomonidan aniqlangan taqdirda ko'riladigan choralar

(245-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Valyutaga oid qonunchilik buzilishlarining belgilari aniqlangan taqdirda bojxona organlari O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasini quyidagi faktlardan xabardor qiladi: olib kirilayotgan (olib chiqilayotgan) tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organiga tovarning faktura qiymatini eksport qiluvchi (import qiluvchi) mamlakatda tovarning ma'lum qilingan qiymatiga nisbatan asossiz ravishda oshirish (kamaytirish) maqsadida noto'g'ri ma'lumotlar ko'rsatilgan hujjatlar taqdim etilganligi; tovarlarning kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) bo'yicha kontragent bo'lmagan yetkazib beruvchilardan kelib tushganligi; eksport-import operatsiyalari amalga oshirilayotganda qonunchilikni boshqa tarzda buzish hollari. Taqdim etilgan faktlar soliq organlari tomonidan tasdiqlangan, shuningdek valyutani nazorat qilish sohasida huquqbuzarlik sodir etilganlik faktlari boshqa vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan taqdirda bojxona organlari: O'zbekiston Respublikasidan eksport qilinayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini kontraktlar bo'yicha muddati o'tgan debitorlik qarzi uzilguniga qadar rad etishga bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; qo'shimcha bojxona to'lovlarini hisoblab chiqarishga va undirishga; valyuta tushumlari bilan bog'liq materiallarni O'zbekiston Respublikasining vakolatli organlariga berishga; «Davlat bojxona xizmati to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan huquqlar doirasida boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.