Таможенный кодекс

24-modda. Tovarlar va transport vositalari olib kirilishini hamda olib chiqilishini taqiqlash

(24-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Davlat xavfsizligini ta'minlash, jamoat tartibini, inson hayoti va sog'lig'ini saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish, milliy va ma'naviy qadriyatlarni saqlab qolish, O'zbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlar xalqlarining madaniy boyliklarini, mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqni, olib kirilayotgan tovarlar iste'molchilarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida, shuningdek O'zbekiston Respublikasining boshqa manfaatlaridan kelib chiqqan holda, O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq ayrim tovarlarni va (yoki) transport vositalarini O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda ushbu hududdan olib chiqish taqiqlanishi mumkin. Olib kirilishi va olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar va (yoki) transport vositalari, agar O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ular olib kirilganda — darhol bojxona hududidan tashqariga olib chiqilishi yoxud ular olib chiqilganda — darhol bojxona hududiga qaytarilishi shart. Tovarni olib chiqish yoki qaytarish, shuningdek yuk operatsiyalari tovarni olib o'tayotgan shaxs yoxud tashuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Agar tovar darhol olib chiqilmagan yoki qaytarilmagan bo'lsa, tovar bojxona organi egasi bo'lgan bojxona omboriga yoxud bojxona nazorati zonalariga tovarni olib o'tayotgan shaxs yoki tashuvchi hisobidan vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim. Bunday tovarni saqlashning eng ko'p muddati, agar qonunchilikda ayrim turdagi tovarlarga nisbatan boshqacha muddat nazarda tutilmagan bo'lsa, uch sutkani tashkil etadi. Ushbu muddat tugagach, mazkur tovarni tasarruf etish davlat daromadiga o'tkazilishi lozim bo'lgan tovarlarga nisbatan qo'llaniladigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.