Таможенный кодекс

223-modda. Bojxona hamrohligida kuzatib borishning qo'llanilishi

(223-модда биринчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)

Bojxona hamrohligida kuzatib borish chet el tovarlarini tashiyotgan avtotransport vositalariga nisbatan qo'llaniladi, bundan quyidagi hollar mustasno: tovarlarni tashish XYT daftarchasini qo'llagan holda yuklarni xalqaro tashish to'g'risidagi bojxona konventsiyasiga (Jeneva, 1975 yil 14 noyabr) muvofiq amalga oshirilgan taqdirda; milliy avtotashuvchilar tomonidan import tovarlarni tashish tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish uchun jihozlangan transport vositalarida amalga oshirilgan taqdirda; ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona to'lovlari to'lanishi ta'minlangan taqdirda; tovarlar bojxona hududiga insonparvarlik yordami va texnik ko'mak sifatida, shuningdek xalqaro pochta jo'natmalari va feld'yeger pochtasi sifatida, tasdiqlovchi hujjatlar bo'lgan taqdirda olib kirilganda. Bojxona hamrohligida kuzatib borish avtotransport vositasi jo'natuvchi bojxona organiga yetib kelgan paytdan e'tiboran olti soatdan kechiktirmay boshlanadi. Bojxona hamrohligida kuzatib borish bitta yoki bir nechta avtotransport vositasiga nisbatan amalga oshirilishi mumkin, lekin ularning soni yigirmatadan oshmasligi kerak. Bojxona hamrohligida kuzatib borish uchun bojxona yig'imi undiriladi. Bojxona hamrohligida kuzatib borish tartibi O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi tomonidan belgilanadi. Bojxona organlari chet el tovarlarini tashiyotgan transport vositalarining xavflarni baholash natijalarini hisobga olgan holda bojxona kuzatuvini amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.