Таможенный кодекс

205-modda. Xavf tahlili ob'yektlari

Xavf tahlili ob'yektlari jumlasiga quyidagilar kiradi: bojxona nazorati ostida bo'lgan yoxud erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar; tijorat uchun foydalaniladigan transport vositalari; oldi-sotdi yoki ayirboshlashga doir tashqi iqtisodiyot kontraktlarida (shartnomalarida, kelishuvlarida), tovarlarga egalik qilish, ulardan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqiga oid bitimlarda yoxud boshqa hujjatlarda ko'rsatilgan ma'lumotlar; tovarning kuzatuv hujjatlarida va boshqa hujjatlarda ko'rsatilgan ma'lumotlar; bojxona nazorati ostida turgan tovarlarga nisbatan vakolatga ega bo'lgan shaxslarning faoliyati; bojxona nazorati shakllari qo'llanilishining natijalari.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.