Bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organi bojxona deklaratsiyasini hamda bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan boshqa hujjatlarni, tovarni va (yoki) transport vositasini taqdim etilgan hujjatlarda ko'rsatilgan ma'lumotlarning to'g'riligini hamda ushbu hujjatlarning, tovarning va (yoki) transport vositasining bojxona to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida tekshiradi.
Tovar va (yoki) transport vositasi chiqarib yuborilguniga qadar bojxona organi tovar va (yoki) transport vositasi nomining, ular ishlab chiqarilgan mamlakatning, tovar va (yoki) transport vositasi miqdori va qiymatining bojxona deklaratsiyasida ko'rsatilgan ma'lumotlarga hamda bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan, bojxona maqsadlari uchun foydalanilayotgan boshqa hujjatlarga muvofiqligini aniqlash uchun zarur bojxona tartib-taomillarini bajaradi.
lex.uz’dagi asl matn187-modda. Bojxona rasmiylashtiruvida bojxona deklaratsiyasini, boshqa hujjatlarni, tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tekshirish
(187-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.