Binolarida va hududlarida bojxona nazoratidan o'tishi lozim bo'lgan tovarlar va (yoki) transport vositalari, bojxona nazorati uchun zarur hujjatlar turgan yoki turishi ehtimoli bo'lgan yoxud nazorat qilinishi bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar shu binolarga va hududlarga bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ular xizmat guvohnomasini ko'rsatgan taqdirda kirish imkonini beradi. Agar O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida davlat organlari mansabdor shaxslarining alohida ob'yektlarga kirishi uchun boshqacha tartib belgilangan bo'lsa, bojxona organlarining mansabdor shaxslari bu ob'yektlarga O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda kirishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn185-modda. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining bojxona nazorati ostida turgan tovarlar saqlanadigan joylarga kirishini ta'minlash
(185-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.