Таможенный кодекс

181-modda. Vakolatli shaxsning yoki tashuvchining bojxona nazorati zonalari chegaralarini kesib o'tishdagi va mazkur zonalar doiralarida harakatlanishdagi majburiyatlari

(181-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Bojxona nazorati zonasi chegarasini kesib o'tayotganda va uning doiralarida harakatlanayotganda vakolatli shaxs yoki tashuvchi: bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarda to'xtashi va harakatni davom ettirishi; tovarlarni va transport vositalarini faqat belgilangan yo'nalishlar bo'yicha olib o'tishi; bojxona organi mansabdor shaxslarining talablariga ko'ra tovarlarni va transport vositalarini, shuningdek bojxona nazorati uchun zarur hujjatlar va ma'lumotlarni taqdim etishi shart. Bojxona nazorati zonasi chegarasini kesib o'tayotganda va uning doirasida harakatlanayotganda vakolatli shaxsning yoki tashuvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.