Таможенный кодекс

176-modda. Bojxona omborining, boj olinmaydigan savdo do'konining va erkin omborning faoliyatini litsenziyalash

(176-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 1 февралдаги ЎРҚ-748-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.02.2022 й., 03/22/748/0086-сон — 2022 йил 3 майдан кучга киради)

Bojxona omborining, boj olinmaydigan savdo do'konining va erkin omborning faoliyatini litsenziyalash qonunchilikda belgilangan tartibda bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi. Agar bojxona ombori bojxona organlari tomonidan ta'sis etilayotgan bo'lsa, litsenziya olish talab qilinmaydi. Bojxona ombori va erkin ombor egalarining tovarlarni va transport vositalarini omborlarga joylashtirayotgan shaxslar bilan o'zaro munosabatlari shartnoma asosida yo'lga qo'yiladi. O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi bojxona omborlarining, boj olinmaydigan savdo do'konlarining va erkin omborlarning reyestrlarini yuritadi, shuningdek mazkur reyestrlardagi ma'lumotlarni o'z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.