Таможенный кодекс

173-modda. Bojxona omborlari

Bojxona ombori bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni saqlashga mo'ljallangan, maxsus ajratilgan hamda jihozlangan bino va (yoki) ochiq maydonchadan iboratdir. Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan yoki alohida saqlash sharoitlarini talab etadigan tovarlar faqat shunday tovarlarni saqlash shartlariga mos keladigan maxsus moslashtirilgan omborlarga joylashtirilishi kerak. Bojxona omborlari foydalanilishiga ko'ra, har qanday shaxs foydalanishi uchun ochiq omborlar bo'lishi va muayyan shaxslar, qoida tariqasida, ombor egalarining foydalanishi uchun mo'ljallangan yopiq omborlar bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.