Таможенный кодекс

167-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik jo'natmalarida yuboriladigan tovarlarni deklaratsiyalash

(167-модда биринчи қисмининг «а» кичик банди Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 1 февралдаги ЎРҚ-748-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.02.2022 й., 03/22/748/0086-сон — 2022 йил 3 майдан кучга киради)

Quyidagilarga: a) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaxslar manziliga xalqaro pochta jo'natmalarida yuboriladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravarigacha bo'lgan miqdordagi tovarlar uchun — Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarga; b) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaxslarning manziliga xalqaro kuryerlik jo'natmalarida yuboriladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravarigacha bo'lgan miqdordagi tovarlar uchun — tijorat hujjatlariga bojxona deklaratsiyasi sifatida qaraladi. Qolgan hollarda xalqaro pochta va kuryerlik jo'natmalarida yuboriladigan tovarlarni deklaratsiyalash bojxona yuk deklaratsiyasini berish orqali amalga oshiriladi. Xalqaro pochta va kuryerlik jo'natmalarida olib chiqiladigan, bojxona yuk deklaratsiyasi berilishi lozim bo'lgan tovarlarni deklaratsiyalash mazkur tovarlar pochta aloqasi tashkilotlariga topshirilayotganda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.