Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan bojxona hududiga bojxona to'lovlari to'lashdan ozod etilgan holda vaqtincha olib kirishga, basharti tovarlar va (yoki) transport vositalari ushbu shaxslarni bojxona hududida bo'lishi davriga notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan bo'lsa, yo'l qo'yiladi. Bunda transport vositasi chet davlat hududida ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lishi kerak.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan muddat tugaganidan so'ng tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan o'zgarmas holatda qaytarib olib chiqilishi yoki tegishli bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim.
Vaqtincha olib kirilgan tovarlar va (yoki) transport vositalari istalgan bojxona organi orqali bojxona hududidan qaytarib olib chiqilishi mumkin. Vaqtincha olib kirilgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini qaytarib olib chiqishda bojxona to'lovlari to'lanmaydi va iqtisodiy siyosat choralari qo'llanilmaydi.
Agar vaqtincha olib kirilgan tovarlar va (yoki) transport vositalari avariya yoki yengib bo'lmas kuch ta'siri oqibatida jiddiy shikastlangan va bu vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan bo'lsa, vaqtincha olib kirilgan mazkur tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan qaytarib olib chiqish amalga oshirilmasligi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn158-modda. Chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini notijorat maqsadlarda vaqtincha olib kirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.