Таможенный кодекс

15-modda. Ushbu Kodeksda qo'llaniladigan boshqa tushunchalar

(15-модданинг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ushbu Kodeksda qo'llaniladigan boshqa tushunchalar: bojxona brokeri — bojxona rasmiylashtiruvi bo'yicha operatsiyalarni deklarantning yoki vakolatli shaxsning topshirig'iga binoan va uning nomidan shartnoma asosida amalga oshiradigan, O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi; bojxona ishi — iqtisodiy, tartibga solish va huquqni muhofaza qilish maqsadlariga erishishga qaratilgan, bojxona to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta'minlaydigan usullar va vositalar majmui; bojxona hamrohligida kuzatib borish — avtotransport vositalarining bojxona organlari tomonidan bojxona nazorati ostida kuzatib borilishi; bojxona operatsiyasi — tovarlarning va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida tovarlarga va transport vositalariga nisbatan bojxona organlarining mansabdor shaxsi va (yoki) vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladigan harakat; bojxona rejimi — bojxona chegarasi orqali olib o'tiladigan tovarlarning va transport vositalarining maqomini bojxona maqsadlari uchun belgilovchi qoidalar majmui; bojxona tartib-taomili — bojxona maqsadlari uchun amalga oshiriladigan bojxona operatsiyalarining majmui; deklarant — tovarlarni va (yoki) transport vositalarini o'z nomidan deklaratsiyalovchi shaxs yoxud uning nomidan tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotgan shaxs; deklaratsiyalash — bojxona chegarasi orqali olib o'tilayotgan va (yoki) bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va (yoki) transport vositalari to'g'risidagi zarur ma'lumotlarni bojxona organlariga ma'lum qilish; iqtisodiy siyosat choralari — tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududiga olib kirishga va ushbu hududdan olib chiqishga doir cheklovlar bo'lib, ular kvota belgilashni, litsenziyalashni, shuningdek mamlakat iqtisodiyotining jahon xo'jaligi bilan o'zaro hamkorligini tartibga solishning boshqa chora-tadbirlarini o'z ichiga oladi; tashuvchi — bojxona nazorati ostida turgan tovarlar tashilishini amalga oshiruvchi yoki transport vositasidan foydalanish uchun mas'ul shaxs; tovar turkumi — bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati bo'yicha kelayotgan yoki bitta pochta yuk xati bilan jo'natilayotgan yoxud bojxona chegarasi orqali o'tayotgan bitta jismoniy shaxsning qo'l yukida va bagajida olib o'tilayotgan tovar yoki uning bir qismi; tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o'tish — tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududiga olib kirish yoxud ushbu hududdan olib chiqish; tovarlarning erkin muomalasi — bojxona hududida tovarlarning belgilangan taqiqlar va cheklovlarsiz aylanishi; tovarni chiqarib yuborish — bojxona organlarining bojxona rasmiylashtiruvini yakunlovchi va ma'lum qilingan bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqqan holda tovarlardan foydalanishga va (yoki) ularni tasarruf etishga ruxsat berilganligini ifodalovchi harakati; yuk operatsiyalari — bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ularning buzilgan o'rovlarini to'g'rilash, ularni o'rash, qayta o'rash va tashish uchun qabul qilish; O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bojxona organlarining axborot tizimi) — bojxona chegarasi orqali olib o'tiladigan tovarlarning va transport vositalarining bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ularga doir hujjatlar va ma'lumotlarning kiritilishini, hisobga olinishini hamda monitoring qilinishini nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining avtomatlashtirilgan tizimi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.