Таможенный кодекс

138-modda. Ruxsatnoma berishni rad etish

(138-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ruxsatnoma berishni rad etishga quyidagilar asos bo'ladi: ruxsatnoma berish uchun zarur hujjatlar vakolatli shaxs tomonidan to'liq bo'lmagan hajmda taqdim etilganligi; tovarlarning ushbu Kodeksga muvofiq ruxsatnoma olinishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirish uchun belgilangan talablar va shartlarga mos emasligi; vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto'g'ri yoki buzib ko'rsatilgan ma'lumotlar mavjudligi. Ruxsatnoma berishni boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yo'l qo'yilmaydi. Ruxsatnoma berish rad etilganligi haqidagi xabar rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va vakolatli shaxs mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko'rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo'lgan muddat ko'rsatilgan holda vakolatli shaxsga topshiriladi (yuboriladi). Vakolatli shaxs rad etish sabablarini bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko'rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo'lgan muddat ruxsatnoma berish rad etilganligi haqida xabar olingan kundan e'tiboran o'n ish kunidan kam bo'lishi mumkin emas. Vakolatli shaxs ruxsatnoma berishni rad etishga asos bo'lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko'rib chiqish, ruxsatnoma berish yoki uni berishni rad etish, vakolatli shaxsning rad etish sabablari bartaraf etilganligi to'g'risidagi arizasi va ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e'tiboran besh ish kunidan ko'p bo'lmagan muddatda bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Vakolatli shaxsning hujjatlari takroran ko'rib chiqilganligi uchun bojxona yig'imi undirilmaydi. Hujjatlarni takroran ko'rib chiqishda bojxona organi tomonidan ilgari xabarda bayon qilinmagan rad etish sabablari keltirilishiga yo'l qo'yilmaydi, bundan ilgari ko'rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog'liq rad etish sabablari keltirilishi mustasno. Ruxsatnoma berishni rad etish to'g'risidagi xabarda ko'rsatilgan muddat tugaganidan keyin vakolatli shaxs tomonidan topshirilgan ariza yangi topshirilgan ariza hisoblanadi va bojxona organi tomonidan umumiy asoslarda ko'rib chiqiladi. Vakolatli shaxs ruxsatnoma berishni rad etish to'g'risidagi qaror, shuningdek bojxona organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.