Таможенный кодекс

136-modda. Ruxsatnoma berish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish

(136-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 1 февралдаги ЎРҚ-748-сонли Қонунига асосан 2022 йил 3 майдан ўз кучини йўқотади — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.02.2022 й., 03/22/748/0086-сон)

Bojxona organi tegishli ruxsatnomani berish to'g'risidagi arizani olganidan so'ng ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etilganligini tekshiradi. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash va bojxona hududida qayta ishlashga ruxsatnoma berish to'g'risidagi arizalarni ko'rib chiqishda bojxona organi: vakolatli organlarning ruxsatnomalari mavjudligini tekshiradi, agar tovarlar yoki qayta ishlash mahsulotlari shu organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim bo'lsa; qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini belgilaydi; qayta ishlash mahsulotlarining majburiy chiqish normalarini aniqlashda qiyinchilik bo'lgan taqdirda o'rganib chiqish, tadqiq etish, tekshirish yoki boshqa ilmiy va texnik jihatdan baho berish uchun uchinchi shaxslarni jalb qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.