Таможенный кодекс

134-modda. Tovarni bojxona hududidan tashqarida (hududida) qayta ishlashga ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar

(134-модда биринчи қисми 2-бандининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)

Tovarni bojxona hududidan tashqarida (hududida) qayta ishlashga ruxsatnoma olish uchun vakolatli shaxs tovar qaysi bojxona organining faoliyat ko'rsatish zonasida turgan bo'lsa, o'sha bojxona organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 1) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun: ruxsatnoma berish to'g'risidagi ariza; qayta ishlashning texnologik jarayoni to'g'risidagi ma'lumotlar bo'lgan texnik-iqtisodiy asoslar (hisob-kitoblar), shuningdek vakolatli organlarning va (yoki) vakolatli tashkilotlarning (shu jumladan bojxona laboratoriyalarining) qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normalarini belgilash uchun muayyan qayta ishlash texnologik jarayoniga asoslangan xulosalari, bundan qayta ishlash operatsiyasi ta'mirlashdan iborat bo'lgan hollar mustasno; qayta ishlashni amalga oshirish uchun asos bo'lgan kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) yoki tovarni qayta ishlash uchun olib chiqishga va qayta ishlash mahsulotlarini olib kirishga doir kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) ko'chirma nusxasi; 2) bojxona hududida qayta ishlash uchun: ruxsatnoma berish to'g'risidagi ariza; qayta ishlashning texnologik jarayoni to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan texnik-iqtisodiy asoslar (hisob-kitoblar) ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxslar, ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig'i ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxsga tegishli bo'lgan yuridik shaxslar uchun; tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalashning vakolatli shaxs tomonidan belgilangan usuli; vakolatli shaxs tomonidan aniqlangan qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini baholash usuli, bundan qayta ishlash operatsiyasi ta'mirlashdan iborat bo'lgan hollar mustasno; qayta ishlashni amalga oshirish uchun asos bo'lgan kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) yoki tovarni qayta ishlash uchun olib kirishga va qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqishga doir kontraktlarning (shartnomalarning, kelishuvlarning) ko'chirma nusxasi. Tovarni bojxona hududidan tashqarida (hududida) qayta ishlashga ruxsatnoma olish uchun vakolatli shaxsdan ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.