Таможенный кодекс

130-modda. Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur bo'ladigan hujjatlar

Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga: bojxona yuk deklaratsiyasini; davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarni topshirish dalolatnomasini; tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar bo'lgan taqdirda davlat foydasiga voz kechiladigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.