Таможенный кодекс

116-modda. Bojxona tranziti bojxona rejimi

(116-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 1 февралдаги ЎРҚ-748-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.02.2022 й., 03/22/748/0086-сон — 2022 йил 3 майдан кучга киради)

Bojxona tranziti bojxona rejimi shunday rejimki, bunda: olib kirilgan tovar jo'natuvchi bojxona organi va tovar kelib tushadigan bojxona organi orasidagi bojxona hududi bo'ylab, shu jumladan chet davlat hududi orqali bojxona nazorati ostida; O'zbekiston tovarlari bojxona chegarasida joylashgan jo'natuvchi bojxona organi va tovar kelib tushadigan bojxona organi orasidagi chet davlat hududi bo'ylab bojxona bojlari va soliqlar to'lanmagan, shuningdek iqtisodiy siyosat choralari qo'llanilmagan holda olib o'tiladi. Qaysi bojxona organi faoliyat ko'rsatish zonasida tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish boshlanadigan bo'lsa, o'sha bojxona organi jo'natuvchi bojxona organi hisoblanadi. Qaysi bojxona organi faoliyat ko'rsatish zonasida tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish tugallanadigan bo'lsa, o'sha bojxona organi tovar kelib tushadigan bojxona organi hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.