4. Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun:
a) ko'chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o'tkazish bilan bog'liq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun
agar ko'chmas mol-mulk Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida joylashgan bo'lsa
— BHMning 1 baravari
agar ko'chmas mol-mulk boshqa aholi punktlarida joylashgan bo'lsa
— BHMning 50 foizi
Izoh . Mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga ko'chmas mol-mulkni o'tkazish bilan bog'liq shartnomalar rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.
b) Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko'chmas mol-mulkning oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan hamda O'zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo'lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tomonidan — BHMning 3300 baravaridan kam bo'lmagan miqdorida yangi qurilgan ko'chmas mol-mulk sotib olinganda
shartnoma summasining 10 foizi
v) «b» kichik bandga muvofiq davlat boji to'lab sotib olingan ko'chmas mol-mulk xarid qilingan kundan e'tiboran uch yil ichida boshqa shaxsga o'tkazish bilan bog'liq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun
BHMning 400 baravari
g) mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik yoki unga o'zgartishlar kiritganlik uchun
mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga
— BHMning 10 foizi
jismoniy shaxslar uchun
— BHMning 25 foizi
yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo'lsa
— BHMning 50 foizi
Izoh . Mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini bekor qilganlik uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.
d) mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun, bundan «p» kichik bandda belgilangan hollar mustasno
BHMning 25 foizi
ye) garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun
jismoniy shaxslar uchun:
— BHMning 1 baravari
yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo'lsa
— BHMning 2 baravari
Izoh . Garov, ipoteka va lizing shartnomalariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqidagi bitimlar rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.
j) banklar va qarz oluvchilarning kredit bo'yicha qarzdorlikni qarzdorning likvidli mol-mulki hisobidan qaytarish to'g'risidagi yozma bitimlarini (shartnomalarini) tasdiqlaganlik uchun
BHMning 50 foizi
z) qarz shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun
— BHMning 25 foizi
Izoh . Qarz shartnomasiga o'zgartishlar kiritganlik yoki uni bekor qilganlik uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.
i) kafillik shartnomalarini tasdiqlaganlik, unga o'zgartishlar kiritganlik yoki bekor kilganlik uchun
jismoniy shaxslar uchun
BHMning 25 foizi
yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo'lsa
BHMning 50 foizi
k) korxonani boshqa shaxsga o'tkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun
BHMning 1 baravari
l) vasiyatnomalarni tasdiqlaganlik uchun
BHMning 5 foizi
m) merosga bo'lgan xuquq to'g'risida guvohnoma berganlik uchun
lex.uz’dagi asl matnСтавки государственной пошлины (приложение к Закону о госпошлине)
4.1-band. 4. Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun: (1-qism)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.