33. Faoliyatning ayrim turlarini O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun to'lanadigan davlat boji:
gg) ma'lumotlarni uzatish tarmoqlaridan foydalanish faoliyatini amalga oshirish
BHMning 6 baravari
dd) ma'lumotlarni uzatish tarmoqlariga operatorlar va provayderlar tomonidan xizmatlar ko'rsatish faoliyatini amalga oshirish
BHMning 30 baravari
zz) teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko'rsatish
BHMning 170 baravari
ii) teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirish
BHMning 10 baravari
kk) teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini qurish
BHMning 10 baravari
ll) teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlaridan foydalanish
BHMning 75 baravari
mm) teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlari xizmatlarini ko'rsatish
BHMning 75 baravari
Izoh . Davlat bojining miqdori davlat boji to'langan kunda belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga ko'paytirilgan miqdorda bir yillik miqdori hisobidan belgilangan. Davlat boji har yili belgilangan miqdorlarda to'lanadi.
Navbatdagi yillik to'lov litsenziyadan foydalanishning keyingi yili boshlanishidan kamida 30 kun oldin to'lanadi, keyingi to'lov belgilangan muddatda to'lanmagan taqdirda, litsenziyaning amal qilishi to'xtatib turiladi.
Respublikaning cheklangan hududida harakatlanadigan radiotelefon (uyali) aloqa sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olingan taqdirda davlat boji miqdori qamrov hududidagi aholi soniga mutanosib ravishda har mingta yashovchiga BHMning 5,85 baravari hisobidan belgilanadi.
Agar uyali aloqa virtual operatori (provayder) tomonidan navbatdagi yillik davlat bojini to'lash davridan oldingi moliya yili uchun ko'rsatilgan ko'chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 million baravaridan oshsa, «e 1 » kichik bandda nazarda tutilgan faoliyat turi uchun davlat bojining summasiga ko'rsatilgan ko'chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlari qiymatining 1 foizi miqdorida qo'shimcha belgilanadi.
Uyali aloqa virtual operatori (provayder) tomonidan o'tgan moliya yilida ko'rsatilgan ko'chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarining qiymati qo'shilgan qiymat solig'i va aktsiz solig'i chegirib tashlangan holda aniqlanadi.
Qishloq joylardagi aloqa va axborotlashtirish sohasi kichik tadbirkorlik sub'yektlariga:
qishloq joylarda 2048 dan ortiq raqamga ega bo'lgan mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish bo'yicha faoliyatni amalga oshirishga ruxsat berilmaydi;
bir vaqtning o'zida qishloq joylarda shaharlararo va mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlariga xizmatlar ko'rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziyalarni olishda mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlariga xizmatlar ko'rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziyani berish davlat boji to'lamasdan amalga oshiriladi;
bir vaqtning o'zida qishloq joylarda xalqaro, shaharlararo va mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlariga xizmatlar ko'rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziyalarni olishda shaharlararo va mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlariga xizmatlar ko'rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziyalarni berish davlat boji to'lamasdan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnСтавки государственной пошлины (приложение к Закону о госпошлине)
33.2-band. 33. Faoliyatning ayrim turlarini O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun to'lanadigan davlat boji: (2-qism)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.