32. Faoliyatning ayrim turlarini O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun to'lanadigan davlat boji:
a) balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta'mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish
BHMning 10 baravari
b) ko'priklar va tonellarni loyihalashtirish, qurishhamda ularni ta'mirlash faoliyatini amalga oshirish
BHMning 5 baravari
g) xavfi yuqori bo'lgan ob'yektlarni hamda potentsial xavfli ishlab chiqarishlarni loyiha-lashtirish, qurish, ulardan foydalanish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish
BHMning 10 baravari
d) O'zbekiston Respublikasi hududini va hududining qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish to'g'risidagi hujjatlarni ishlab chiqish
BHMning 50 baravari
j) aholi punktlari hududlarini qurish va rivojlantirish to'g'risidagi hujjatlarni ishlab chiqish
BHMning 40 baravari
i) qurilish ob'yektlari uchun muhandislik-texnik qidiruvlarni (bundan muhandislik-geodeziya qidiruvlari mustasno) bajarish
BHMning 50 baravari
k) uy-joy fuqarolik maqsadiga mo'ljallangan ob'yektlar va komplekslar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish
BHMning 75 baravari
l) sanoatga mo'ljallangan ob'yektlar va komplekslar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish
BHMning 75 baravari
m) suv xo'jaligiga mo'ljallanganob'yektlar va komplekslar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish
BHMning 50 baravari
n) qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan ob'yektlar va komplekslar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish
BHMning 30 baravari
o) energetika qurilishi hamda aloqa ob'yektlari va komplekslarini ishlab chiqish, loyihalashtirishga, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish
BHMning 40 baravari
p) transport va yo'l qurilishi ob'yektlari hamda komplekslarini loyihalashtirishga, shu jumladan ularning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish
BHMning 50 baravari
r) magistral muhandislik tarmoqlarini (magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlaridan tashqari) loyihalashtirish
BHMning 50 baravari
s) umumiy foydalaniladigan avtomobil yo'llarini qurish, rekonstruktsiya qilish va ta'mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish
BHMning 50 baravari
t) arxitektura yodgorliklarini ta'mirlash uchun hujjatlarni ishlab chiqish
BHMning 20 baravari
u) «Ob'yektlarning asoslari va poydevorlari» bo'limini loyihalashtirish
BHMning 40 baravari
f) «Ob'yektlarning metall konstruktsiyalari» bo'limini loyihalashtirish
BHMning 40 baravari
x) «Ob'yektlarning temir-beton konstruktsiyalari» bo'limini l?yihalashtirish
BHMning 40 baravari
ts) maxsus ob'yektlar va inshootlarni loyihalashtirish
BHMning 50 baravari
ch) qurilish ob'yektlarini kapital va joriy ta'mirlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish
BHMning 30 baravari
sh) binolar va inshootlarning texnik holatini tekshirish
BHMning 50 baravari
sh 1 ) binolar va inshootlarni mustahkamlash uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish
BHMning 40 baravari
sh 2 ) korroziyaga qarshi himoyani ishlab chiqish
BHMning 40 baravari
e) binolar va inshootlarning muhandislik tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish
lex.uz’dagi asl matnСтавки государственной пошлины (приложение к Закону о госпошлине)
32.1-band. 32. Faoliyatning ayrim turlarini O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun to'lanadigan davlat boji: (1-qism)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.