Ставки государственной пошлины (приложение к Закону о госпошлине)

1-band. 1. Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarga beriladigan:

1. Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarga beriladigan: a) mulkiy xususiyatga ega da'vo arizalaridan da'vo bahosining 4 foizi miqdorida, biroq BHMning 1 baravaridan kam bo'lmagan miqdorda b) korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, jamoat birlashmalarining ma'muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan da'vo arizalaridan BHMning 1 baravari Izoh . Kichik tadbirkorlik sub'yektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilganda ushbu bandning «ye» va «i» kichik bandlarida ko'rsatilgan, belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to'laydi. v) nikohni bekor qilish haqidagi da'vo arizalaridan BHMning 2 baravari g) takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da'vo arizalaridan BHMning 4 baravari Izoh . Nikoh bekor qilinayotganda mol-mulk bo'lingan taqdirda, boj «a» kichik bandiga muvofiq da'voning bahosiga muvofiq belgilanadi. d) bedarak yo'qolgan va ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi oqibatida belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki kamida uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan nikohni bekor qilish haqidagi da'vo arizalaridan BHMning 2 foizi ye) turar joylar ijarasiga doir shartnomani o'zgartirish yoki bekor qilish to'g'risidagi da'vo arizalaridan, mol-mulkni xatlovdan chiqarish to'g'risidagi va mulkiy xususiyatga ega bo'lmagan (yoki baholanmaydigan) boshqa da'vo arizalaridan BHMning 2 baravari j) alohida ko'riladigan ishlarga doir arizalardan BHMning 1 baravari Izoh . Otalikni tan olish (belgilash), bolaning u yoki bu onadan tug'ilganligi, tug'ilgan vaqti faktlarini aniqlash haqidagi, shuningdek jismoniy shaxsni tavakkalchilikka asoslangan o'yinlarga qaramligi bo'lgan shaxslar ro'yxatiga kiritish to'g'risidagi arizalarni ko'rganlik uchun davlat boji undirilmaydi . z) apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida berilgan shikoyatlardan da'vo arizasi yoki boshqa arizalar, shikoyatlar berilganda to'lanadigan stavkaning 50 foizi Izoh . Mulkiy nizolar bo'yicha stavkalar miqdori «a» kichik bandga muvofiq hisoblab chiqariladi i) qarorlar, ajrimlar, boshqa sud hujjatlarining dublikatlari va ko'chirma nusxalarini, shuningdek taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga ko'ra sudlar tomonidan ishlardan boshqa hujjatlarning ko'chirma nusxalarini berganlik uchun hujjatning har bir beti uchun BHMning 2 foizi k) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to'g'risidagi arizalardan, shuningdek hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi arizalardan BHMning 2 baravari k 1 ) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi arizalardan BHMning 2 baravari l) chet el sudlari va chet el hakamlik sudlari (arbitrajlar) qarorlarini tan olish va ijro etish to'g'risidagi arizalardan BHMning 2 baravari
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Fuqarolik sudiga murojaat qilganda to'lanadigan davlat bojining miqdori da'voning turiga qarab turlicha belgilanadi. Mulkiy da'volar uchun bahoning foiziga muvofiq, nikoh bekor qilish uchun BHM baravari, boshqa ishlar uchun esa o'z stavkalari belgilangan. **Kimga tegishli** Bu qoida fuqarolik ishlari bo'yicha sudga murojaat qilayotgan barcha shaxslarga (fuqarolar, tashkilotlar, kichik tadbirkorlar) tegishli. **Amalda** Agar siz 10 million so'mlik mulkiy da'vo arizasi bilan sudga murojaat qilsangiz, davlat bojini da'vo bahosining 4 foiziga muvofiq to'lasiz. Nikohni bekor qilish uchun esa BHMning 2 baravari miqdorida boj to'lanadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.