«Davlat boji to'g'risida»gi qonun

5-modda. Undirish ob'yektlari

(5-модданинг 3-банди Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 5 февралдаги ЎРҚ-1117-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2026 й., 03/26/1117/0116-сон)

Davlat boji quyidagilardan undiriladi: 1) fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarga beriladigan da'vo arizalaridan, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, jamoat birlashmalarining ma'muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan da'vo arizalaridan, alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan, fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish to'g'risidagi, da'voni ko'rmasdan qoldirish to'g'risidagi, sud jarimalarini solish to'g'risidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ishlar yuzasidan fuqarolik ishlari bo'yicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan, mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi arizalardan, mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ishlar yuzasidan fuqarolik ishlari bo'yicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan, chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi arizalardan, chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi ishlar yuzasidan fuqarolik ishlari bo'yicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan, shuningdek fuqarolik ishlari bo'yicha sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlarini va ko'chirma nusxalarini berganlik uchun; 2) iqtisodiy sudlarga beriladigan da'vo arizalaridan, to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi arizalardan, nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida ishga kirishish haqidagi arizalardan, iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari yuzaga kelishi, o'zgarishi yoki bekor bo'lishi uchun ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni aniqlash to'g'risidagi arizalardan, iqtisodiy sudning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish haqidagi, da'voni ko'rmasdan qoldirish to'g'risidagi, sud jarimalarini solish haqidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to'g'risidagi, arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish to'g'risidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to'g'risidagi, arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish to'g'risidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar bo'yicha iqtisodiy sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan, mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi arizalardan, mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar bo'yicha iqtisodiy sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan, chet davlat sudining, arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi arizalardan, chet davlat sudining, arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi ishlar bo'yicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan, shuningdek iqtisodiy sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlarini va ko'chirma nusxalarini berganlik uchun; 3) ma'muriy sudlarga beriladigan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to'g'risidagi arizalardan, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, ma'muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo'lgan boshqa organlarning, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to'g'risidagi, saylov komissiyalarining, referendum o'tkazuvchi komissiyalarning harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish haqidagi, notarial harakatni sodir etishni, fuqarolik holati dalolatnomalarining yozuvlarini qayd etishni rad etganlik yuzasidan nizolashish yoxud notariusning yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to'g'risidagi, davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etganlik yoxud belgilangan muddatda davlat ro'yxatidan o'tkazishdan bo'yin tovlaganlik ustidan beriladigan, shu jumladan zararning o'rnini qoplash haqidagi talablar bilan bog'liq arizalardan (shikoyatlardan), ma'muriy sudlarning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish to'g'risidagi, da'voni ko'rmasdan qoldirish haqidagi, sud jarimalarini solish to'g'risidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlaridan, shuningdek ma'muriy sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlarini va ko'chirma nusxalarini berganlik uchun; 4) notariuslar va O'zbekiston Respublikasining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun; 5) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etganlik uchun, shuningdek fuqarolarga fuqarolik holati dalolatnomalari qayd etilganligi to'g'risida takroriy guvohnoma berganlik uchun hamda fuqarolik holati dalolatnomalari yozuviga o'zgartishlar, qo'shimchalar, tuzatishlar kiritilishi va uning qayta tiklanishi munosabati bilan guvohnoma berganlik uchun; 6) O'zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi, O'zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasporti, shuningdek fuqaroligi bo'lmagan shaxsning harakatlanish hujjati berilganligi uchun, chet eldan O'zbekiston Respublikasiga kirish huquqini beruvchi hujjatlarni, O'zbekiston Respublikasiga taklif qilish to'g'risidagi hujjatlarni berganlik uchun, chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasini berganlik uchun, shuningdek O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish to'g'risidagi iltimosnomalarni hamda O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to'g'risidagi arizalarni ko'rib chiqqanlik uchun, O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash joyi va turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olganlik uchun, shuningdek chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olganlik uchun; 7) yuridik shaxslarni va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro'yxatidan o'tkazganlik uchun; 8) ov qilish huquqiga doir ruxsatnoma berganlik uchun; 9) ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, selektsiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari, geografik ko'rsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, integral mikrosxemalar topologiyalari, elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma'lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish uchun; 10) chet ellik yuridik shaxslardan ko'rgazma yuklarini rasmiylashtirganlik, chet ellik yuridik shaxslarga bojxona yuk deklaratsiyasi blanklarini realizatsiya qilganlik uchun; 11) nodavlat notijorat tashkilotlarini, shu jumladan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarini, xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini hamda diniy tashkilotlarni davlat ro'yxatidan va qayta ro'yxatdan o'tkazganlik, shuningdek bunday tashkilotlarning chet el fuqarolari bo'lgan xodimlarini, ularning qaramog'ida bo'lgan oila a'zolarini akkreditatsiyadan o'tkazganlik, maxsus ro'yxatga olinishi kerak bo'lgan mol-mulkni boshqa shaxsga berish shartnomalarini tasdiqlaganlik, baholanishi lozim bo'lgan boshqa shartnomalarni tasdiqlaganlik, O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellik fuqarolari bilan nikohlarini, shuningdek chet ellik fuqarolarning o'zaro nikohlarini ro'yxatdan o'tkazganlik, O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellik fuqarolar bilan hamda belgilangan tartibda bedarak yo'qolgan yoki aqliy zaiflik yoki ruhiy kasallik tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar bilan yoki jinoyati uchun kamida uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslar bilan nikohini bekor qilishni ro'yxatdan o'tkazganlik uchun; 12) chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga kirish, chiqish yoki kirish-chiqish vizalarini berganlik va ularning amal qilish muddatini uzaytirganlik, chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga ko'p martalik kirish-chiqish vizalarini rasmiylashtirganlik, chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni kirish vizasining amal qilish muddati davriga vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazganlik va vizaning amal qilish muddati uzaytirilgan davrda turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olingan muddatini uzaytirganlik uchun, MDHga a'zo davlatlar fuqarolarini, shuningdek fuqarolik haqida belgilari mavjud bo'lmagan sobiq SSSR pasportlari bilan MDHga a'zo davlatlardan kelgan shaxslarni turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tkazganlik, chet el fuqarosining, shu jumladan MDHga a'zo davlatlar fuqarosining yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsning O'zbekiston Respublikasida doimiy yashashga oid hujjatlarini ko'rib chiqqanlik va ruxsatnoma rasmiylashtirganlik, chet el fuqarosiga yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsga pasport yoki uning o'rnini bosuvchi hujjat yo'qolganligi haqida ma'lumotnomalar berganlik uchun; 13) chet el tijorat tashkilotlarining O'zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilganlik uchun; 14) faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga doir litsenziyalar va ruxsatnomalar berganlik, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirganlik va uni o'zgartirganlik uchun.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.