2. O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 6 mayda qabul qilingan «Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma'lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to'g'risida»gi 1060-XII-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 yil, № 5, 136-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 4-5, 74-modda, № 9, 165-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011 yil, № 12/2, 364-modda) 9-moddasining sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«EHM uchun yaratilgan dasturlarni yoki ma'lumotlar bazalarini ro'yxatdan o'tkazish hamda EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma'lumotlar bazalaridan foydalanishga bo'lgan mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish to'g'risidagi shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni bajarganlik uchun davlat boji undiriladi. Ro'yxatdan o'tkazish uchun davlat bojining miqdorlari va uni to'lash muddatlari, davlat bojini to'lashdan ozod qilish, uning miqdorlarini kamaytirish yoki uni qaytarib berish uchun asoslar, shuningdek ro'yxatdan o'tkazish uchun davlat boji summasidan foydalanish tartibi qonunda belgilanadi».
3. O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 6 mayda qabul qilingan «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida»gi 1062-XII-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 29 avgustda qabul qilingan 397-II-sonli Qonuni tahririda) (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 9, 158-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 7, 355-modda; 2011 yil, № 12/2, 364-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) 34-moddasiga quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:
1) birinchi qismning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
2) ikkinchi qismdagi «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan» degan so'zlar «qonunda» degan so'z bilan almashtirilsin.
4. O'zbekiston Respublikasining 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi 216-I-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 5 noyabrda qabul qilingan O'RQ-580-sonli Qonuni tahririda) 20-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Litsenziya berilganligi uchun qonunda belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi».
5. O'zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan «Selektsiya yutuqlari to'g'risida»gi 270-I-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 29 avgustda qabul qilingan 395-II-sonli Qonuni tahririda) (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 9, 156-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011 yil, № 12/2, 364-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 7, 431-modda; 2019 yil, № 1, 1-modda, № 11, 791-modda) 29-moddasiga quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:
1) birinchi qismning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
2) ikkinchi qismdagi «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan» degan so'zlar «qonunda» degan so'z bilan almashtirilsin.
6. O'zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan «Siyosiy partiyalar to'g'risida»gi 337-I-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 2, 36-modda; 1999 yil, № 9, 229-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda; 2008 yil, № 12, 637, 640-moddalar; 2014 yil, № 1, 2-modda; 2018 yil, № 4, 224-modda; 2019 yil, № 2, 47-modda, № 10, 674-modda) 8-moddasi ikkinchi qismining oltinchi xatboshisidagi «qonun hujjatlarida» degan so'zlar «qonunda» degan so'z bilan almashtirilsin.
7. O'zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksi (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, 5-6-songa ilova; 2003 yil, № 1, 8-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 157-modda; 2008 yil, № 4, 189-modda; 2009 yil, № 9, 328-modda; 2010 yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011 yil, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 8, 469-modda) 202-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Gerbli guvohnoma berishda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari qonunda belgilangan tartibda va miqdorda davlat bojini hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda gerb yig'imini undiradi».
9. O'zbekiston Respublikasining 2001 yil 12 mayda qabul qilingan «Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to'g'risida»gi 218-II-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 5, 87-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011 yil, № 12/2, 364-modda) 17-moddasiga quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:
1) birinchi qismning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
2) ikkinchi qismdagi «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan» degan so'zlar «qonunda» degan so'z bilan almashtirilsin.
10. O'zbekiston Respublikasining 2001 yil 30 avgustda qabul qilingan «Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida»gi 267-II-sonli Qonunining (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 9-10, 178-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 9, 418-modda; 2011 yil, № 12/2, 364-modda; 2012 yil, № 12, 336-modda; 2017 yil, № 4, 138-modda, № 9, 510-modda) 33-moddasiga quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:
1) birinchi qismning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
2) ikkinchi qismdagi «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan» degan so'zlar «qonunda» degan so'z bilan almashtirilsin.
11. O'zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to'g'risida»gi 712-II-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasining 2018 yil 9 iyulda qabul qilingan O'RQ-483-sonli Qonuni tahririda) (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, № 7, 428-modda; 2019 yil, № 11, 791-modda) 21-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisidagi «shuningdek o'z» degan so'zlar chiqarib tashlansin.
12. O'zbekiston Respublikasining 2011 yil 4 oktyabrda qabul qilingan «Kredit axboroti almashinuvi to'g'risida»gi O'RQ-301-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011 yil, № 10, 271-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2019 yil, № 3, 166-modda) 8-moddasining beshinchi qismidagi «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan» degan so'zlar «qonunda» degan so'z bilan almashtirilsin.
13. O'zbekiston Respublikasining 2018 yil 8 yanvarda qabul qilingan «Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi O'RQ-457-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, № 1, 2-modda) 40-moddasining uchinchi qismidagi «qonun hujjatlarida» degan so'zlar «qonunda» degan so'z bilan almashtirilsin.
14. O'zbekiston Respublikasining 2018 yil 22 yanvarda qabul qilingan O'RQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan «O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019 yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda) 128-moddasidagi «qonun hujjatlari bilan» degan so'zlar «qonunda» degan so'z bilan almashtirilsin.
15. O'zbekiston Respublikasining 2018 yil 24 yanvarda qabul qilingan O'RQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019 yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda) 113-moddasidagi «qonun hujjatlari bilan» degan so'zlar «qonunda» degan so'z bilan almashtirilsin.
16. O'zbekiston Respublikasining 2018 yil 25 yanvarda qabul qilingan O'RQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksi (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019 yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda) 111-moddasidagi «qonun hujjatlari bilan» degan so'zlar «qonunda» degan so'z bilan almashtirilsin.
lex.uz’dagi asl matn«Davlat boji to'g'risida»gi qonun
28-modda. O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartishlar kiritish
(28-модданинг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 14 февралдаги ЎРҚ-907-сонли Қонунига асосан 2024 йил 16 майдан чиқарилади — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.02.2024 й., 03/24/907/0127-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.