Kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olayotgan jismoniy shaxslar davlat bojini o'ziga berilgan reyting guruhiga qarab tabaqalashtirilgan miqdorlarda to'laydi.
Kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olayotgan yuridik shaxslar davlat bojini har bir ijrochi uchun unga berilgan reyting guruhiga qarab tabaqalashtirilgan miqdorlarda to'laydi.
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olayotgan yuridik shaxslar davlat bojini O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan belgilanadigan miqdorda va tartibda to'laydi.
lex.uz’dagi asl matn«Davlat boji to'g'risida»gi qonun
24-modda. Faoliyatning alohida turlarini amalga oshirishga doir litsenziya berilganligi uchun davlat boji undirishning o'ziga xos xususiyatlari
(24-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-866-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.09.2023 й., 03/23/866/0683-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.