«Davlat boji to'g'risida»gi qonun

22²-modda. Ijtimoiy himoya yagona reyestrida ro'yxatga olingan shaxslarga, shuningdek I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko'rsatish chog'ida davlat bojlarini, yig'imlar va boshqa to'lovlarni undirishning o'ziga xos xususiyatlari

(22²-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 16 январдаги ЎРҚ-896-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.01.2024 й., 03/24/896/0037-сон)

Ijtimoiy himoya yagona reyestrida ro'yxatga olingan shaxslarga, shuningdek I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) O'zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko'rsatish chog'ida qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig'imlar va boshqa har qanday to'lovlar bo'yicha ellik foizli chegirma qo'llaniladi, bundan tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxsning vakili sifatida murojaat qilish hollari mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.