Konsullik yig'imi konsullik harakatlari amalga oshirilguniga qadar to'lanadi. Konsullik yig'imlari O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti daromadiga o'tkaziladi. Konsullik yig'imlarining to'langan summalari qaytarilmaydi.
Konsullik yig'imlari summalarini O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga, shuningdek xorijda to'langan yig'imlarni O'zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasining va konsullik muassasasining maxsus bank hisobvaraqlariga hisoblab chiqarish, undirish va hisobga o'tkazish tartibi O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Konsullik yig'imlarining miqdori O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Davlat boji to'g'risida»gi qonun
21-modda. Konsullik yig'imini undirishning o'ziga xos xususiyatlari
(21-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 27 ноябрдаги ЎРҚ-1099-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.11.2025 й., 03/25/1099/1104-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 март)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.