«Davlat boji to'g'risida»gi qonun

11-modda. Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini to'lashdan ozod etish

(11-модданинг 10-банди Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1154-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1154/0618-сон)

Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini to'lashdan quyidagilar ozod etiladi: 1) shaxslar — davlat pensiyalari va nafaqalarini olish uchun zarur bo'lgan, shuningdek vasiylik qilish va farzandlikka olish to'g'risidagi ishlar yuzasidan hujjatlarning ko'chirma nusxalari to'g'riligini ularga tasdiqlab berganlik uchun; 2) shaxslar — mol-mulkini davlat foydasiga, shuningdek yuridik shaxslar foydasiga hadya qilish to'g'risidagi vasiyatnomalari va shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun; 3) davlat soliq xizmati organlari va moliya organlari — ularga davlatning merosga bo'lgan huquqi to'g'risidagi guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) berganlik, shuningdek ushbu guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) olish uchun zarur bo'lgan barcha hujjatlar uchun; 4) nogironligi bo'lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, ularning muassasalari, o'quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha notarial harakatlar bo'yicha; 5) shaxslar — ularga quyidagilar uchun merosga bo'lgan huquqi to'g'risida guvohnoma berganlik uchun: Vatanni himoya qilish chog'ida, boshqa davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotganligi munosabati bilan yoxud inson hayotini qutqarish, davlat mulkini va huquq-tartibotni muhofaza qilish bo'yicha fuqarolik burchini ado etish munosabati bilan halok bo'lgan shaxslarning mol-mulki uchun; uy-joy (kvartira) uchun yoki uy-joy-qurilish kooperatividagi pay uchun, agar ular meros qoldiruvchining vafot etish kunigacha birga yashagan, doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan bo'lsa va meros qoldiruvchining vafotidan keyin ham shu uy-joyda (kvartirada) yashayotgan bo'lsa; banklardagi omonatlar, shaxsiy va mulkiy sug'urta shartnomalari bo'yicha sug'urta summalari, davlat zayom obligatsiyalari, ish haqi summalari, shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvarag'idagi pul mablag'lari uchun; ilm-fan, adabiyot va san'at asarlari, ixtiro, selektsiya yutug'i, foydali model, sanoat namunasi, integral mikrosxemalar topologiyasi muallifining mulkiy huquqlari, shuningdek ijrochining ijroga doir mulkiy huquqlari uchun; ilm-fan, adabiyot va san'at asarlari, ixtiro, selektsiya yutug'i, foydali model, sanoat namunasi, integral mikrosxemalar topologiyasini yaratish va ulardan foydalanish, shuningdek ijrolarni yaratish hamda ulardan foydalanish haqi summalari uchun; 6) shaxslar — pensiyalar va nafaqalar olish uchun ishonchnomani tasdiqlatganlik uchun; 7) onalar — ko'p bolalik uchun ularga ordenlar va medallar berilganligi haqidagi ishlar bo'yicha hujjatlar ko'chirma nusxalarining to'g'riligini tasdiqlab berganlik uchun; 8) maktab-internatlar — farzandlarining maktab-internatdagi ta'minoti uchun ota-onalardan qarzlarni undirish to'g'risidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik uchun; 9) moliya organlari — farzandlarining O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining ixtisoslashtirilgan maktablaridagi ta'minoti uchun ota-onalardan qarzlarni undirish to'g'risidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik uchun; 10) ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli vafot etish va halok bo'lish hodisasiga korxonalar va tashkilotlar hisobidan sug'urta qilingan jismoniy shaxslarning merosxo'rlari — sug'urta to'loviga vorislik huquqini tasdiqlovchi guvohnoma berganlik uchun; 11) surunkali ruhiy kasallikka chalingan, qonunchilikda belgilangan tartibda vasiylik belgilangan shaxslar — mol-mulkka vorislik qilishlari to'g'risida guvohnoma olganliklari uchun; 12) O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda uning joylardagi organlari — xodimlarni tashkiliy yo'sinda ishga qabul qilish tartibida tuziladigan mehnat shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun; 13) 1941 — 1945 yillardagi urush nogironlari, 1941 — 1945 yillardagi urush frontlarida yaralangan shaxslar va 1941 — 1945 yillardagi urush frontlarida halok bo'lgan yoki bedarak yo'qolgan shaxslarning oila a'zolari, 1941 — 1945 yillardagi urush qatnashchilari hamda Vatanni himoya qilishda va Sovet Armiyasida o'z xizmat burchini o'tayotganda yaralangan shaxslar, Afg'oniston Respublikasida baynalmilal burchini o'tagan shaxslar, shuningdek 1986 — 1987 yillarda Chernobil AESining zaharlangan mintaqasi doirasida avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslar, 1986 yilda Chernobil AESidagi avariya munosabati bilan zaharlangan mintaqadan ko'chirilgan (shu jumladan, o'z ixtiyori bilan chiqib ketgan) shaxslar, agar ular vafot etgan bo'lsa, ularning oila a'zolari — imtiyozlar berilishi uchun zarur bo'lgan hujjatlar ko'chirma nusxalarining to'g'riligini tasdiqlatganligi uchun; 14) shaxslar — ularga yo'lovchilarning majburiy sug'urtasi yuzasidan sug'urta summalariga hamda fuqarolarga qarashli mol-mulkning majburiy sug'urtasi yuzasidan sug'urta tovoni summalari bo'yicha merosga bo'lgan huquqi to'g'risida guvohnoma berganlik uchun; 15) fermer xo'jaligida faoliyatni davom ettirayotgan merosxo'rlar — ularga fermer xo'jaligining mol-mulki bo'yicha merosga bo'lgan huquqi to'g'risida guvohnoma berganlik uchun; 16) yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo'jaligida faoliyatni davom ettirayotgan merosxo'rlar — ularga dehqon xo'jaligi mol-mulki bo'yicha merosga bo'lgan huquqi to'g'risida guvohnoma berganlik uchun; 17) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari — majburiy badallarni to'lash va kommunal xizmatlar to'lovi bo'yicha qarzlarni undirish to'g'risidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik uchun; 18) O'zbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun mo'ljallanmagan joylarning yong'ini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar — ularga hujjatlarning dublikatlari, ko'chirma nusxalari, notarial harakatlarni ro'yxatdan o'tkazish reyestridan ko'chirmalar berilganligi uchun; 19) yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar — ular uchun davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olingan uy-joy ularning nomiga rasmiylashtirib berilganligi uchun; 20) shaxslar — islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bank yoki islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko'rsatuvchi mikromoliya tashkiloti mol-mulkni kelgusida islomiy moliya standartlari asosida mijozga realizatsiya qilish uchun mulk huquqi asosida o'z nomiga o'tkazganda.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.