Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar prokurorning sanktsiyasi bilan quyidagilarga taqdim etiladi:
prokuratura, dastlabki tergov va surishtiruv organlariga ularning ish yurituvidagi jinoyat ishlari bo'yicha holatlarni aniqlash, shuningdek yetkazilgan zararni undirishni yoki mol-mulkni xatlashni ta'minlash maqsadida — tergovchining yoxud surishtiruvchining asoslantirilgan qaroriga ko'ra;
tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ularning ish yurituvidagi tezkor-qidiruv ishlari bo'yicha o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida — tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan asoslantirilgan qaror asosida.
Prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlari va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar o'z ish yurituvidagi jinoyat ishlari va tezkor-qidiruv ishlari bo'yicha banklarda hisobvaraqlar mavjudligi to'g'risidagi ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ma'lumotlar bazasidan avtomatlashtirilgan rejimda olishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Bank siri to'g'risida»gi qonun
9-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni prokuratura, dastlabki tergov, surishtiruv organlariga va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga taqdim etish
(9-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 28 июндаги ЎРҚ-697-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.06.2021 й., 03/21/697/0607-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.