«Bank siri to'g'risida»gi qonun

3-modda. Bank siri

(3-модда Ўзбекистон Республикасининг 2005 йил 23 сентябрдаги 8-сон Қонунига мувофиқ хатбоши билан тўлдирилган — Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами, 2005 й., 37-38-сон, 280-модда)

Bank siri bank tomonidan muhofaza qilinadigan quyidagi ma'lumotlardan iboratdir: o'z mijozlarining (vakillarining) operatsiyalari, hisobvaraqlari va omonatlariga doir ma'lumotlar; bank o'z mijoziga (vakiliga) bank xizmatlari ko'rsatishi munosabati bilan mazkur mijoz (vakil) to'g'risida olgan ma'lumotlar; mijozning (vakilning) bank seyflari va binolarida saqlab turilgan mol-mulki, uning xususiyati va qiymati haqidagi ma'lumotlar; mijoz (vakil) topshirig'iga binoan yoki uning foydasini ko'zlab amalga oshirilgan banklararo operatsiyalar va bitimlar to'g'risidagi ma'lumotlar; bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarning banklar o'rtasida muomalada bo'lishi natijasida ma'lum bo'lib qolgan, boshqa bankning mijoziga (vakiliga) doir ma'lumotlar; jamg'arib boriladigan pensiya tizimining ishtirokchilari, pensiya badallarining miqdori va summalarining harakati, fuqarolarning shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi pensiya jamg'armalari to'g'risidagi ma'lumotlar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.