«Bank siri to'g'risida»gi qonun

14-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarning banklar o'rtasida muomalada bo'lishi

(14-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 18 февралдаги ЎРҚ-1031-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.02.2025 й., 03/25/1031/0160-сон)

Banklar o'z faoliyatining xavfsizligini ta'minlash, omonatlarni, kreditlar va boshqa investitsiyalarning qaytarilishini kafolatlash maqsadida o'z mijozlari (vakillari) to'g'risidagi ma'lumotlarni qonunda belgilangan tartibda va doirada o'zaro almashib turishlari va bir-birlariga taqdim etishlari mumkin. Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar Omonatlarni kafolatlash agentligiga, shuningdek kafolatlangan omonatlar bo'yicha kompensatsiya to'lash uchun agent-banklarga taqdim etiladi. Boshqa bankning mijozi (vakili) to'g'risidagi ma'lumotlarni olgan bank bunday ma'lumotlarni oshkor qilishga va uchinchi shaxslarga taqdim etishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.