Bankni qayta tashkil etish raqobat to'g'risidagi qonunchilikning talablari hisobga olingan holda, aktsiyadorlar umumiy yig'ilishining qaroriga muvofiq qo'shib yuborish, qo'shib olish, bo'lish, ajratib chiqarish va o'zgartirish shaklida Markaziy bankning ruxsati bilan amalga oshiriladi. Bankni qayta tashkil etish Markaziy bankning talabiga binoan ham amalga oshirilishi mumkin.
Davlat yagona ta'sischisi bo'lgan bankni qayta tashkil etish Markaziy bank bilan kelishilgan holda vakolatli organning qarori asosida amalga oshiriladi.
Aktsiyadorlar umumiy yig'ilishining bankni qayta tashkil etish to'g'risidagi qarori mavjudligi bankni qayta tashkil etish uchun ruxsatnoma olish to'g'risida Markaziy bankka ariza berish uchun asos bo'ladi.
Markaziy bank bankni qayta tashkil etishni rad etgan taqdirda, aktsiyadorlar umumiy yig'ilishining bankni qayta tashkil etish to'g'risidagi qarori haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Bankni qo'shib yuborish, bo'lish, ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish uchun Markaziy bankning ruxsatnomasi olinganidan keyin qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga keladigan har bir bankni davlat ro'yxatidan o'tkazish va litsenziya olish uchun zarur tashkiliy-texnik tadbirlar bajariladi.
Bankni qayta tashkil etish uchun Markaziy bankning ruxsatnomasi olinganligi qayta tashkil etilishi natijasida vujudga keladigan banklarni davlat ro'yxatidan o'tkazish va ularga litsenziya berish uchun kafolat bo'la olmaydi.
Qayta tashkil etilayotgan bank qayta tashkil etish jarayonini Markaziy bankning ruxsatnomasi olingan kundan e'tiboran olti oy ichida tamomlashi shart.
Qayta tashkil etish natijasida yangidan yuzaga kelgan banklarni davlat ro'yxatidan o'tkazish va ularga litsenziya berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bankni qayta tashkil etish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnЗакон «О банках и банковской деятельности»
76-modda. Bankni qayta tashkil etish
(76-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.