Juz'iy qoidabuzarliklarni sodir etganlik uchun Markaziy bank:
banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonunchilikni buzgan holda amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalardan olingan daromadlarning miqdorini aniqlash imkoni bo'lsa, bankdan ushbu daromadlardan yoki bank tomonidan o'tgan moliya yili davomida olingan sof foydaning bir foizi yoki bank jami kapitalining 0,1 foizi miqdoridan ortiq bo'lmagan miqdorda jarima undirishga;
ushbu Qonun 51-moddasining ikkinchi qismida ko'rsatilgan choralarni bankka nisbatan alohida holda yoki jamlangan tarzda qo'llashga;
bank kuzatuv kengashining, boshqaruvining a'zosidan yoki muhim ahamiyatga ega xodimidan yoki bankning islomiy moliya kengashi a'zosidan jarima qo'llanilayotgan oydan avvalgi bir yil ichida olingan mukofotning ellik foizidan ortiq bo'lmagan miqdorda jarima undirishga;
qoidabuzarga nisbatan choralar va sanktsiyalar qo'llanilishi to'g'risida yozma ogohlantirish yuborishga haqli.
lex.uz’dagi asl matnЗакон «О банках и банковской деятельности»
59-modda. Juz'iy qoidabuzarliklar uchun choralar va sanktsiyalar
(59-модданинг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.