Закон «О банках и банковской деятельности»

5¹-modda. Bankning islomiy moliya operatsiyalari

Bankning islomiy moliya operatsiyalari jumlasiga quyidagilar kiradi: foydani taqsimlash sharti asosida mijozni moliyalashtirish yoki pul mablag'larini investitsiyaviy omonatlarga jalb etish; vakillik shartnomasi orqali pul mablag'larini berish yoki investitsiyaviy omonatlarga jalb etish; tovarni nasiyaga sotish orqali mijozni moliyalashtirish; tovarlar uchun oldindan haq to'lash orqali mijozni moliyalashtirish; birgalikdagi faoliyatni (sherikchilik) amalga oshirish yoki yuridik shaxslarning ustav kapitalida ishtirok etish orqali mijozni moliyalashtirish; mol-mulkni islomiy ijaraga berish (sotib olish huquqi bilan). Islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar umumqabul qilingan xalqaro bank amaliyotiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo'lmagan boshqa islomiy moliya operatsiyalarini ham amalga oshirishi mumkin. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan islomiy moliya operatsiyalari islomiy moliya standartlariga muvofiq amalga oshirilishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.