Bankning islomiy moliya kengashi bankdagi islomiy bank faoliyati islomiy moliya standartlariga muvofiq tarzda amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi kollegial organ hisoblanadi.
Bankning islomiy moliya kengashi vazifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
bank islomiy moliya operatsiyalarining islomiy moliya standartlariga muvofiqligini ta'minlash hamda muvofiqlik bilan bog'liq masalalar va murojaatlar bo'yicha xulosalar taqdim etib borish;
islomiy moliya operatsiyalari bilan bog'liq shartnomalar, ichki hujjatlar va hisobotlar loyihalarini ko'rib chiqish hamda ma'qullash;
islomiy bank faoliyati, shu jumladan islomiy moliya operatsiyalari va ular bilan bog'liq bo'lgan shartnomalar hamda hujjatlar bo'yicha bank tomonidan amal qilinishi shart bo'lgan va qonunchilik hujjatlariga zid bo'lmagan qarorlarni qabul qilish;
islomiy bank faoliyati bilan bog'liq tavakkalchiliklarni boshqarish hamda ichki nazorat tizimini joriy etishda bankning kuzatuv kengashi va boshqaruviga o'z xulosalari orqali ko'maklashish.
Bankning islomiy moliya kengashi bankning ustaviga asosan boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Bankning islomiy moliya kengashi a'zolari Markaziy bank bilan kelishilgan holda hamda bankning kuzatuv kengashi tavsiyasi asosida aktsiyadorlarning umumiy yig'ilishi tomonidan saylanadi va ularning a'zoligi tugatiladi.
Bankning islomiy moliya kengashi a'zolari soni uch nafardan kam bo'lmasligi kerak.
Bankning hal qiluvchi egalikka ega bo'lgan aktsiyadorlari va muhim ahamiyatga ega xodimlari bankning islomiy moliya kengashi a'zosi bo'lishiga yo'l qo'yilmaydi.
Bankning islomiy moliya kengashi bankdagi islomiy bank faoliyatining islomiy moliya standartlariga muvofiqligini baholaydi va baholash natijalari bo'yicha bank aktsiyadorlarining umumiy yig'ilishiga bir yilda kamida bir marotaba hisobot taqdim etadi.
Bank islomiy moliya kengashining vazifalari bank aktsiyadorlarining umumiy yig'ilishiga yoki bankning boshqa boshqaruv organiga yuklatilishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matnЗакон «О банках и банковской деятельности»
35¹-modda. Bankning islomiy moliya kengashi
(35¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.