1. Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo'lgan shaxslar uchun mehnat birjasi tomonidan taklif qilingan, ularning kasb tayyorgarligiga mos bo'lgan, yoshini, sihat-salomatligini, mehnat stajini va oldingi kasbi bo'yicha tajribasini, yangi ish joyiga transportda qatnashiga hisobga oluvchi ish maqbul keladigan ish hisoblanadi.
2. 29-moddaning 2-bandida ko'zda tutilgan ishsizlikning dastlabki davri tugaganidan so'ng kasbiga (ixtisosiga) mos ish topib berish mumkin bo'lmagan taqdirda, odamning qobiliyatini, kuchini, oldingi tajribasini va unga qulay bo'lgan ta'lim vositalarini hisobga olib, kasbini (ixtisosini) o'zgartirishni talab qiladigan ish maqbul keladigan ish hisoblanishi mumkin.
3. Birinchi marta ish qidirayotgan, kasbi (ixtisosi) bo'lmagan shaxslar uchun oldindan kasb tayyorgarligini talab qiluvchi ish, bunday ishni taklif etish imkoniyati bo'lmagan taqdirda esa, fuqarolarning yoshi va boshqa xususiyatlarini hisobga oladigan hamda mehnat to'g'risidagi qonunlarning talablariga mos keladigan haq to'lanadigan boshqa ish (shu jumladan vaqtinchalik ish) maqbul keladigan ish hisoblanishi mumkin.
4. Agar ish:
uy-joy va o'zga yashash sharoitlari xodim ish bilan ta'minlash davlat xizmatiga murojaat qilishidan oldingi sharoitga nisbatan uncha qulay bo'lmagan joydan berilsa;
doimiy istiqomat joyidan ancha uzoq bo'lsa;
ish haqi va boshqa mehnat sharoitlari shu mutaxassislik (kasb) uchun bu joydagi o'rtacha darajadan past bo'lsa;
ish uzrli sabablar bilan, jumladan mehnatkashning shaxsiy yoki oilaviy ahvoliga asoslangan holda rad etilgan bo'lsa, bunday ish maqbul keladigan ish deb hisoblanishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn«Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi qonun
4-modda. Maqbul keladigan ish
(4-модданинг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 7 майдаги 854-ХII-сон Қонуни таҳририда — Олий Кенгаш Ахборотномаси, 1993 й., 6-сон, 238-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.