1. Xodimlar soni (shtatlar) qisqarishi, korxonalar, muassasalar va qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi munosabati bilan ishdan bo'shatiladigan xodimlarning ish qidirish davrida oldingi ish joyidagi ikki oylik o'rtacha ish haqi (ishdan bo'shatish nafaqasi qo'shib hisoblanganda) saqlanib qoladi. Xodimlar ishdan bo'shatilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida davlat ish bilan ta'minlash xizmatlarida ro'yxatdan o'tsalar uchinchi oy uchun ham oldingi ish joyidan o'rtacha ish haqini davlat ish bilan ta'minlash xizmatlarining ma'lumotnomasiga binoan olishga haqlidirlar. Yuqoridagi sabablarga ko'ra ishdan bo'shatilgan xodimlar har qanday holatda ham ishdan bo'shagan vaqtdan boshlab uch oy muddat ichida mehnat stajini saqlab qoladilar.
Basharti ishdan bo'shatilgan xodimga uch oy ichida maqbul keladigan ish topib berilmasa, u ishsizlik maqomiga ega bo'ladi; ammo shu davr ichida u taklif etilgan maqbul keladigan ishning ikkitasini rad etsa, ishsizlik maqomiga ega bo'lmaydi va u o'ttiz kalendar kunidan so'ng umumiy asosda ish qidiruvchi shaxs sifatida yangidan ro'yxatga olinadi.
Tugatilayotgan korxona, muassasa va tashkilotlarning ishdan bo'shatilayotgan xodimlarga to'lanishi lozim bo'lgan ish haqlari (tovonlar)ni to'lash uchun yetarli mablag'lari bo'lmagan taqdirda, to'lovlar ularning huquqiy vorislari mablag'idan to'lanadi. Tugatilayotgan korxona, muassasa va tashkilotlarning huquqiy vorislari bo'lmgan taqdirda, ishdan bo'shatilayotganlarga to'lovlar aholini ish bilan ta'minlashga ko'maklashish jamg'armasi mablag'i hisobidan to'lanib, so'ngra u qonunlarda belgilangan tartibda qoplanadi.
2. Korxona, muassasa va tashkilolar tugatilishi, qayta tuzilishi, xodimlar soni (shtatlar) qisqartirilishi munosabati bilan ishdan bo'shatilgan, davlat ish bilan ta'minlash xizmatidan 10 ish kuni ichida ro'yxatdan o'tgan hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda kasbini qayta o'rganayotgan yoki malakasini oshirayotgan mehnatkashlarning stipendiyasi ishdan bo'shagan kundan boshlab dstlabki 3 oy davomida oldingi ish joyidagi o'rtacha ish haqidan kam bo'lmasligi kerak.
3. Ish bilan ta'minlash davlat xizmati korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan ishdan bo'shatiladigan shaxslarni ishga qabul qilishda o'qishini tashkil etish xarajatlarini to'la yoki qisman qoplashi mumkin.
4. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan bo'shatilgan hamda davlat ish bilan ta'minlash xizmatida ro'yxatga olingan xodimlar xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining uy-joylarini olish huquqini, basharti, bo'shatish korxona, muassasa va tashkilotning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi tufayli sodir bo'lgan bo'lsa, saqlab qoladilar.
Ishlovchilar soni (shtatlar)ni qisqartirish tadbirlari amalga oshirilishi munosabati bilan xodimlar bo'shatilgan taqdirda ular eski ish joyidan uy-joy olish huquqini saqlab qoladilar.
5. O'zlariga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli yoki kasb kasalligiga yo'liqishi natijasida ishdan mahrum bo'lgan hamda ishga joylashishga va kasb o'rganishga, malakasini oshirishga va qayta tayyorgarlikdan o'tishga muhtoj bo'lgan shaxslar ishdan bo'shatilgan xodimlarga tenglashtiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi qonun
27-modda. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlari soni (shtati) qisqarishi, qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi munosabati bilan bo'shatilayotgan xodimlarga moddiy madad berish kafolatlari
(27-модданинг 1-2-бандлари Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 7 майдаги 854-ХII-сон Қонуни таҳририда — Олий Кенгаш Ахборотномаси, 1993 й., 6-сон, 238-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.