«Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi qonun

20-modda. Ish bilan ta'minlash davlat xizmatining vazifalari va huquqlari

1. Ish bilan ta'minlash davlat xizmati: mehnat bozoridagi holatni tahlil hamda taxmin qiladi va tegishli axborot tarqatilishini ta'minlaydi; bo'sh ish joylarini (vakant lavozimlarni) va ishga joylashtirish masalasida murojaat qilgan fuqarolarning hisobini yuritadi; ish bilan ta'minlash xizmatiga murojaat qilgan fuqarolarga va ish beruvchilarga ish topish hamda ishchi kuchi bilan ta'minlash imkoniyatlari to'g'risida, kasblarga va xodimlarga nisbatan qo'yilayotgan talablar hamda ish bilan ta'minlashga doir boshqa masalalar to'g'risida maslahatlar beradi; fuqarolarga maqbul keladigan ishni tanlashda, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va boshqa ish beruvchilarga esa zarur xodimlarni tanlashda yordam ko'rsatadi; ishlamayotgan fuqarolarni kasbga o'rgatish, qayta o'qitish va malakasini oshirishni tashkil etish to'g'risida o'quv yurtlari, muassasalar, tashkilotlar va korxonalar bilan shartnomalar tuzadi; bo'shatilayotgan xodimlarga va ish bilan ta'minlanmagan aholiga ishga joylashtirish hamda kasb tanlash yuzasidan xizmatlar ko'rsatadi; ishsizlarni ro'yxatga olishni ta'minlaydi va ularga yordam ko'rsatadi, shu jumladan nafaqalar belgilanishiga va bu nafaqalarni olish uchun chek berilishiga ko'maklashadi; respublika, viloyat, shahar va nohiya ish bilan ta'minlash dasturlari aholini ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarini ko'zda tutgan holda ishlab chiqilishini tashkil etadi. 2. Ish bilan ta'minlash davlat xizmati: korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan mulkchilik hamda xo'jalik yuritish shakllaridan qat'i nazar, mo'ljallanayotgan strukturaviy o'zgarishlar va amalga oshirilishi natijasida mehnatkashlar ishdan bo'shatilishi mumkin bo'lgan boshqa tadbirlar to'g'risida, shuningdek bo'sh ish joylari (vakant lavozimlar) bor-yo'qligi, shu jumladan ulardagi mehnatning xarakteri va sharoiti haqida axborotlar olish; ish bilan ta'minlash davlat xizmatiga murojaat qilgan fuqarolarni malakasi va kasb tayyorgarligi darajasiga muvofiq ishga joylashtirish uchun tegishli bo'sh ishchi o'rinlar (vakant lavozimlar) bo'lgan taqdirda hamma turdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yuborish; barcha turdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun ijtimoiy muhofazaga muhtoj kishilarni ishga qabul qilishga mo'ljallangan ish joylarining eng kam miqdorini belgilab qo'yish to'g'risida takliflar ishlab chiqish va ularni xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining muhokamasiga taqdim etish, shuningdek mazkur fuqarolarni ishga joylashtirish uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yuborish; mulkchilik va xo'jalik yuritish shakllaridan qat'i nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ishonchnomasiga muvofiq ular nomidan fuqarolarni ishga joylashtirish to'g'risida shartnomalar tuzish, zarur hollarda ularni oldin kasb tayyorgarligidan o'tkazish, yo'lkira, har bir kecha-kunduz uchun haq to'lash, shuningdek yangi istiqomat va ish joyiga ko'chib borish chog'ida tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hisobidan yordam puli berish; ish bilan ta'minlanmagan fuqarolarni ularning xohish-istagiga qarab haq to'lanadigan jamoat ishlariga belgilangan tartibda jo'natish; ish bilan ta'minlashga ko'maklashish jamg'armasining mablag'larini tasarruf etish; ish bilan ta'minlashga ko'maklashish jamg'armasining mablag'lari hisobidan ish qidirayotganlar sifatida ro'yxatga olingan kishilarga kasb o'rgatish va ularni qayta o'qitish xarajatlarini to'lash, shuningdek ushbu Qonunda nazarda tutilgan miqdorlarda ularga butun ta'lim davri uchun stipendiyalar belgilash; belgilangan tartibda fuqarolarga ishsizlik nafaqalari tayinlash, qonunda ko'zda tutilgan hollarda ana shunday nafaqalar to'lashni to'xtatib qo'yish yoki bekor qilish; faoliyati aholini ish bilan ta'minlash bilan bog'liq vositachi tashkilotlarni ro'yxatga olish va ular faoliyati uchun litsenziyalar berish huquqlariga egadirlar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.